Koreya Respublikasi Konstitusiyaviy sudi 27 dekabr kuni prezident Yun Sok Yolning impichmenti bo‘yicha dastlabki sud majlisini o‘tkazishi kerak.
Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Dushanba kuni tashkiliy masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Konstitusiyaviy sud boshqa impichment ishlari qatorida Yun Sok Yolning ishini ustuvor masala sifatida ko‘rib chiqishini aytdi. Avvalroq adliya vaziri va bir qator yuqori lavozimli amaldorlarga nisbatan impichment e’lon qilingan edi. 27 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da boshlanishi rejalashtirilgan yig‘ilishda prezident ishtirok etishi shart emas.
14 dekabr kuni parlament Yun Sok Yolga impichment e’lon qildi, ammo yakuniy qarorni Konstitusiyaviy sud chiqaradi. Uning hukm chiqarishi uchun 180 kun bor.
Suddagi to‘qqiz o‘rindan uchtasi hozirda vakant. Konstitusiyaviy sud to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, prezidentni hokimiyatdan chetlatish uchun olti nafar sudya parlamentni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Bundan tashqari, kvorum kamida yetti nafar sudyadan iborat ekanligi ko‘rsatilgan. Ammo kuzda, boshqa bir vaziyatda, sud ishlamay qolishining oldini olish uchun o‘ziga ushbu talabni bajarmaslikka vaqtincha ruxsat bergan edi.
Konstitusiyaviy sud raisi vazifasini bajaruvchi dekabr oyida sud eshituvini boshlash uchun olti nafar sudya yetarli ekanligini, biroq prezidentning impichmenti bo‘yicha sudda hukm chiqarish uchun bu yetarlimi yoki yo‘qligini aniqlash uchun keyingi muhokamalar zarurligini ma’lum qilgan edi, deb xabar beradi tass.ru.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Москва Яманнинг “Ансоруллоҳ” гуруҳи билан алоқада экани, Исроил ва унинг иттифоқчиларига қарши амалиётларида унга ёрдам бериш учун қурол жўнатаётгани АҚШнинг ғазабини қўзғатди.
Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.
21 ноябрь куни Халқаро жиноят суди Ғазо секторида инсониятга қарши ва уруш жиноятлар содир этгани учун Исроил бош вазири Бинямин Нетаняҳу ва собиқ мудофаа вазири Йоав Галантни ҳибсга олишга ордер берди.
Сурия Марказий банкида ҳозирги бозор қиймати тахминан 2,2 млрд долларга тенг 26 тонна олтин сақланмоқда. Бу ҳақда Reuters ўз манбаларига асосланиб хабар берди.
Путиннинг фикрича, Зеленский ва унинг шериклари эртами кечми халқнинг ғазабини ҳис қилишади ва «бугунги кунда ўз вазифаларини бажараётганлар ниқоби остида хорижга қочиб кетишади».
Ҳозирда буюртмачи-пудратчи ташкилот — «Термиз қурилиш индустрия саноат» ИК томонидан муаммони бартараф этиш мақсадида барча керакли қурилиш материаллари олиб келинган