BAAda mukofot jamg‘armasi 60 ming dollarni tashkil etuvchi shaxmat turniri start oldi

BAAda mukofot jamg‘armasi 60 ming dollarni tashkil etuvchi shaxmat turniri start oldi

BAAda mukofot jamg‘armasi 60 ming dollarni tashkil etuvchi shaxmat turniri boshlandi. Unda uch nafar hamyurtimiz g‘oliblik uchun dona surmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma’lum qildi.

BAAning Sharja shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli «Sharja Masters 2021» xalqaro turniriga start berildi. Ma’lum bo‘lishicha, musobaqada jahonning 29 davlatidan 60 nafar mahoratli shaxmatchi ishtirok etishmoqda.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 60 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Unda yurtimiz sharafini yosh va umidli shaxmatchilarimizdan Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev va Javohir Sindarovlar himoya qilishadi.

Hamyurtlarimiz orasida eng yuqori reytingga ega shaxmatchi N.Abdusattorov 2 648 ochko bilan dunyo reytingida roppa-rosa 100-o‘rinni egallab turibdi. «Sharja Masters 2021» xalqaro turnirida esa Abdusattorov o‘ninchi tartib raqami ostida qayd etilgan.

Xalqaro turnirning 1-tartib raqamli shaxmatchisi misrlik Amin Bosim bo‘lib, u 2 704 ochko bilan dunyo reytingida 34-o‘rindan joy olgan.

Biz bo‘lajak o‘yinlarda vakillarimizga omad tilaymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!