BAAda yerga niqob va qo‘lqop tashlaganlar jarimaga tortilyapti

BAAda yerga niqob va qo‘lqop tashlaganlar jarimaga tortilyapti

Abu-Dabi polisiyasining ma’lum qilishicha, avtomobilining oynasidan himoya niqobi yoki qo‘lqobini otgan haydovchilarga 1000 dirham ($273) jarima solinadi. 

Polisiyachilar bunday chiqindilar nafaqat atrof muhitni ifloslantirishi, balki boshqa fuqarolar salomatligiga xavf tug‘dirishi, xususan, koronavirus tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Shuning uchun himoya niqoblari va qo‘lqoplarini polietilen xaltaga solgan holda, xavfsiz shaklda utilizasiya qilish, so‘ng qo‘lni sovunlab yuvish maslahat berilmoqda. 

BAA polisiyasi haydovchilarni mas’uliyatli bo‘lishga chaqirmoqda, deya yozadi Gulf News. Himoya niqobi va qo‘lqobini yerga otgan haydovchilarga jarima solishdan tashqari ularning hisobiga 6 balli jarima ham yoziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!