BAA delegasiyasi vakillari yurtimizga tashrifi davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti qoshidagi Art-Rezidensiyada bo‘lib o‘tgan Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi hamda “Art Station” san’at galereyasida “Samarqand — milliy drama teatri beshigi” ko‘rgazmasi ochilishida qatnashdi.
“Samarqand — milliy drama teatri beshigi” ko‘rgazmasining ochilish marosimida BAA Sharja amirligi Hukumati ijrochi raisi Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiy, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, BAA delegasiyasi, Samarqand hokimligi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Shayx Fahim ibn Sulton Ol Qosimiyga ko‘rgazma, shuningdek, XX asrning 1-yarmida O‘zbekistonda dramatik san’atga asos solgan taniqli o‘zbek aktrisasi Sora Eshonto‘rayeva va uning faoliyati haqida ma’lumot berildi. Ko‘rgazma mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.
“Ko‘rgazma aktrisa hamda boshqa taniqli san’at vakillari haqida hikoya qiladi, — dedi ko‘rgazma kuratori Durdona Kulmatova. — Maqsad o‘z hayotini san’at va ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlagan Sora Eshonto‘rayeva va O‘zbekistonning boshqa jamoat arboblari taqdiri haqida hikoya qiluvchi ilk avlod aktyorlarini shakllantirishdir”.
Ko‘rgazmaning asosiy to‘plami 1924-yildan 1937-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi va teatr jamoasining sahna ortidagi hayotini aks ettiruvchi suratlarning qayta nashrlari, arxiv hujjatlar, Sora Eshonto‘rayeva va Abror Hidoyatovga tegishli shaxsiy buyumlar, jumladan, liboslar, rekvizitlar va bezaklardan iborat. To‘plam aktrisaning keyingi suratlari va nabirasi Nodira Hidoyatovaning u haqdagi hikoyasi tasvirlangan videosuhbatni ham o‘z ichiga olgan.
Ma’lumot uchun, Samarqandda boshlangan 70 yillik ijodiy faoliyati davomida Sora Eshonto‘rayeva teatr va kinoda 100 dan ortiq rollarni ijro etgan. Ijro mahorati va ijtimoiy faolligi uchun ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.