Ayolning rahbar bo‘lishiga nima mone’lik qiladi: o‘rinsiz rashk, kundalik yumushlar yoxud fe’l-atvor​?​

A A A
Ayolning rahbar bo‘lishiga nima mone’lik qiladi: o‘rinsiz rashk, kundalik yumushlar yoxud fe’l-atvor​?​

Hozirgi kunda ayollar mehnat munosabatlarida har doimgidan ko‘ra faol ishtirok etmoqdalar. Ular so‘nggi vaqtlarda nafaqat xodim maqomi, balki rahbarlik lavozimlarini egallashda erkaklar bilan teng imkoniyatlardalar.

2019 yilning 8 dekabrida 34 yoshli Sanna Marinning Finlyandiya Bosh vaziri bo‘lishining xalqaro rezonansga aylanganligi ham gender masalasi butun dunyoni qiziqtirishini namoyon etdi. Ayollar rahbarligi xususiyatlari ayniqsa o‘sha vaqtlarda barchaning e’tiborida bo‘ldi.

Ayollar mehnat munosabatlarda erkaklarga nisbatan passiv jins vakillari hisoblanadilar. Bunga ko‘pgina ob’ektiv faktorlar sabab bo‘ladi. Ayollarning oilaviy majburiyatlari va fertillik xususiyati to‘g‘risidagi ko‘pchilikning an’anaviy “ong osti tasavvurlari” ularning karyeraviy o‘sishida “oynavand shift”ni vujudga keltiradi. Mehnat qonunchiligida homilador va bolali ayollarga nazarda tutilgan imtiyozlar ham ko‘p hollarda ularning mehnat munosabatlarida kamsitilishiga sabab bo‘ladi, “antikafolat” bo‘lib xizmat qiladi.

Ko‘p hollarda xotin-qizlarga “ayollarga xos” bo‘lgan kasblarni egallashni tavsiya etish “eskicha fikrlash” bo‘libgina qolmasdan, ular mehnat imkoniyatlarini cheklovchi omil hamdir.

Kam malaka talab qiladigan ishlar (masalan, mavsumiy ishlar, uy xizmatchilari)da band bo‘lgan ayollar mashg‘ulotlari sohasining qonunchilikda yetarli darajada tartibga solinmaganligi yoki mavjud normalarda bo‘shliqlarning bo‘lishi xufiyona iqtisodiyotning sababchisidir.

2019 yil 2 sentyabrda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi ayollar mehnat huquqlarining ta’minlanishida muhim davrni ochib berdi.

Bugungi kunga kelib har jabhada rahbar ayollarning ulushi ortmoqda. Davlat va jamoat tashkilotlarida bir yarim mingga yaqin xotin-qizlarimiz rahbarlik lavozimlarida ishlamoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 7 martdagi Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlashicha, ayni vaqtda ijtimoiy faol ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlab borish, ularni o‘qitish, malakasini oshirish tizimi yaratilmoqda.

2019 yil Parlamentga saylangan deputatlardan 102 nafari erkaklar va 48 nafari ayollar ekanligi (2014 yilda bu ko‘rsatkich 126-24 edi) ham xotin-qizlarning jamiyat hayotida va siyosatda faolligi ortib borayotganligini anglatadi.

 

NOSOG‘LOM FIKRLI RAHBAR​

Mamlakatimizda ayollarning kasbiy o‘sishida so‘nggi paytlarda qator imkoniyatlar yaratilayotgan bir sharoitda xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushi erkaklarnikiga nisbatan har doim ozchilikni tashkil etadi. Xo‘sh, ayolning rahbar bo‘lishiga nima mone’lik qiladi? Shu voqelikni tahlil qilamiz:

Birinchidan, an’anaviy oilalarda qizlarga bolalikdan “ayollarga mos kasb”larni tanlash tavsiya etiladi. Bundan tashqari, ko‘p hollarda ayol ishlagani taqdirda ham u ko‘pchilik nazdida rahbar emas, balki xodim maqomida tasavvur etiladi. Mazkur illatni yo‘qotish uchun huquqiy ong va madaniyatni oshirish lozim;

Ikkinchidan, diniy va mentalitetga oid rahbar tushunchasiga tegishli qarashlar. Mamlakatimiz aholisining aksariyati islom diniga itoat qiladi. Islom dini ta’limotini aksariyat hollarda noto‘g‘ri talqin qilish, mutaassiblik natijasida ko‘pchilik nafaqat oilada, balki jamiyatning har qanday jabhasida rahbar sifatida erkaklarni ko‘radilar. Vaholanki, Qur’oni karim Niso surasi 34-oyatida “Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar” deyiladi. Islom huquqi manbalarida bu masala bilan bog‘liq ko‘plab tahliliy mulohazalar bor.

Uchinchidan, tashkilot va muassasalarda mehnat qonunchiligiga amal qilinmasligi. Ko‘plab jamoalarda “rahbar ketmagunicha tarkibiy bo‘linma rahbarlari ishdan ketishi joiz emas” degan noqonuniy va g‘aliz tushunchaning mavjudligi.

O‘zbek oilalarida ayol rahbar bo‘lgani taqdirda ham u ovqat qilish, uy yig‘ishtirish va shu kabi oilaviy yumushlarni o‘z bo‘ynidan soqit qilolmaydi. Shu tufayli ayolga o‘z mehnat huquqlaridan istifoda qilishiga yo‘l qo‘ygan oila a’zolari ham kun kelib ishdan kech qaytgani tufayli jismonan charchagan ayolni “tushunmay qo‘yadi”. Bu esa kelishmovchilik va nizo, oxir-oqibat ayrim hollarda ajralishgacha olib kelishi mumkin.

Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy hodisalarning oldini olish uchun korxonalarda ish vaqtiga qat’iy amal qilinishi, bunda jarayon emas, natijaga e’tibor qaratilishi, rahbarlarni “kechgacha ishda qolgani” uchun emas, taym-menejmentni to‘g‘ri tashkil qilgani uchun rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish lozim;

To‘rtinchidan, oilada turmush o‘rtoq sanalgan ayol jamiyatda faollashib, rahbarlik lavozimlarini egallashi “nomukamallik kompleksi” bor erlarga yoqmaydi. Bunda ba’zi erkaklar oiladagi o‘z hukmronligini nosog‘lom yo‘llar mustahkamlamoqchi bo‘ladi (o‘rinsiz rashk; kundalik yumushlar, fe’l-atvor bilan bog‘liq bo‘lar-bo‘lmas e’tirozlar bilan ayolni kamsitish). Er-xotinlik munosabatlarida ba’zan hatto uy bekasidek oddiy huquqlarga ega bo‘lmaslik bora-bora rahbar ayolning sabr kosasini to‘ldiradi. U o‘z mehnat imkoniyatlaridan foydalanishi uchun bu tariqa “tovon to‘lash”ni kun kelib xohlamay qoladi.

Bu vaziyatlarning yakuni ham ba’zi hollarda oilaning darz ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayanchli holatlarning oldini olish uchun huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, kishilar huquqiy madaniyatini yuksaltirish lozim;

Beshinchidan, ko‘p hollarda ayollar mehnat munosabatlarida aynan ayol rahbarlar tomonidan diskriminasiya qilinadi. Agar iqtidorli ayol nogahon noinsof ayol rahbarning qo‘l ostida bo‘lsa, u mobbing, bulling, bossing kabi psixologik hujumlar natijasida rahbarlik tugul oddiy xodimlik maqomidan ham voz kechib yuborishi mumkin bo‘ladi. Chunki noinsof rahbar mazkur ayol xodimda o‘ziga “raqib”ni ko‘radi.

Nosog‘lom fikrli rahbar kadrning “injiqligi” kuchli mutaxassisni yo‘qotish kabi davlat va jamiyat uchun salbiy holatlarni vujudga keltiradi.

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun hamda kuni kecha – 2020 yilning 4 yanvarida e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3-sonli qarorida ish joylaridagi tazyiq va zo‘ravonlik ham nazarda tutilib, xotin-qizlarga nisbatan ish joyida tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazilgan hollarda, bunday hollarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan, shuningdek, xotin-qizlar bilan o‘zaro munosabatlar madaniyatini oshirish bo‘yicha tashkilotlarda profilaktika tadbirlari o‘tkazish mehnat organlariga yuklatilishi belgilandi.

Mazkur salbiy voqeliklarning oldini olish maqsadida barcha tizimdagi ish beruvchilar korxonalarda sog‘lom muhit hukmron bo‘lishiga e’tibor berishlari kerak. Sudlarning mehnat shartnomasini bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni ko‘rishda mobbing, bulling, bossing kabi holatlarni inobatga olishi qonunchilikda mustahkamlanishi lozim.

Tadqiqotlarga ko‘ra, ayol rahbar bo‘lishining bir qator afzalliklari bor: u rahbarlik qilayotgan joyda korrupsiya kamdan-kam uchraydi; xotin-qizlar ish joylarida qo‘nimli bo‘ladilar; ayollar erkaklarga nisbatan ko‘p hollarda diplomatroq va vaziyatlarga chidamliroq bo‘ladi.

Shu tufayli mehnat qilayotgan ayollarga sharoit yaratish, ularning rahbarlik lavozimlarida ishlashlariga imkon yaratish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Zero, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoyev aytganlaridek, joylarda odamlarning dardu tashvishlarini, oila va mahalladagi ahvolni hammadan yaxshi biluvchi, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida hal etishda jonbozlik ko‘rsatuvchi ham – ayoldir!

D.Atajanova, TDYUU Mehnat huquqi kafedrasi mudiri

B.Rahimberganova, TDYUU Mehnat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Zelenskiy Klichkoning so‘zlaridan so‘ng jiddiy ogohlantirish yubordi

Бу унинг Киев мэри Виталий Кличконинг Киев режими раҳбарини Украинада ҳукм сураётган авторитаризм борасидаги танқидига жавоби бўлди.

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida qurolli mojaro boshlandi

Бошқа тафсилотлар ошкор этилмади.

"Ishoning, bizda ham javob tariqasida suratga olishga arzigulik narsalar bor" - Shoygu

Россия Хавфсизлик кенгаши котиби ГФР канцлери Мерцнинг Германия Украинанинг Россия ҳудудига зарба бериш масофаси бўйича чекловларни бекор қилаётгани ҳақидаги сўзларига шундай изоҳ берди.

Avstriya Istanbuldagi muzokaralardan so‘ng Zelenskiyning taqdiri dahshatli bo‘lishini bashorat qilmoqda

Россия урушдан олдин этник руслар яшаган ерларни озод қилган ва назорат қилади.

Ukraina yadroviy muvozanatni buzdi

Операция жуда пухта ишлаб чиқилди: украиналиклар дронларни яширинча Россияга олиб кирган

Ukraina Rossiyaning muhim harbiy ob’ektlariga zarba berdi

Украина мудофаа кучлари Россия ҳарбий-саноат мажмуаси учун муҳим бўлган объектларга, хусусан, "Радуга" заводига зарба беришга муваффақ бўлди.

Ukrainalik desantchilar rossiyalik harbiylarni asirga oldi

"Россия Федерацияси ҳудудидаги ўз бўлинмаларида уларга нисбатан шафқатсиз муносабат, руҳий тазйиқ ва таҳдидлар қўлланилган," - дейилади хабарда.

Ukrainaning "Pautina" amaliyoti: Putinning yadroviy samolyotlari dronlar bilan yo‘q qilindi

2025 йил 1 июнь куни Украина Хавфсизлик хизмати (СБУ) томонидан амалга оширилган “Паутинa” номли махсус амалиёт доирасида Россиянинг икки муҳим стратегик ҳаво базаси дронлар орқали ҳужумга учради.

BAA bosh murabbiyi muxlislarga murojaat bilan chiqdi

Амирликлар учун жуда муҳим кун ва ажойиб кеча яқинлашмоқда.

Germaniyada elektr energiyasi narxlari noldan pastga tushmoqda – Bloomberg

Шамолли об-ҳаво ва шамол энергетикаси орқали электр энергияси ишлаб чиқариш ҳажмининг ортиши туфайли Германияда электр энергияси нархи пасайиб, бир неча соат давомида нол даражадан пастда қола бошлади.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Mo‘g‘ulistonda Bosh vazirning 22 yoshli o‘g‘il otasining "boshini yedi"

Бу ҳақда парламент матбуот хизмати хабар берди.

Hindiston cho‘kib ketmoqda - yarim milliondan ortiq qurbonlar

Ҳиндистон шимоли-шарқида муссон ёмғирлари сабаб бўлган сув тошқинлари ва кўчкилар қурбонлари сони 36 кишига етди, 550 мингдан ортиқ аҳоли жабр кўрди.

Zelenskiy Rossiya delegasiyasini ahmoqlar deb atadi

Бу ҳақда "Униан" нашри хабар бермоқда.

Yosh grossmeysterga yutqazib qo‘ygan Karlsen stolni sindirib yuborishiga sal qoldi (video)

Мағлубиятга учраганига қарамай, Карлсен рақибининг қўлини силкитишга куч топди.

Rossiyada World of Tanks o‘yinini yaratgan kompaniya milliylashtirildi — OAV

Россиянинг энг йирик IТ-ассоциациялари президент Владимир Путинга мурожаат билан чиқиб, бу ҳолат компанияни тортиб олишга уринишга ўхшашини айтган, бироқ бу мурожаат жавобсиз қолган.

Germaniyada Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli portlamagan bombalar sababli aholi evakuasiya qilinmoqda

Deutsche Bahn темирйўл компанияаи поездлар ҳаракатида чекловлар бўлишини эълон қилди. Бу кўплаб минтақавий темирйўл йўналишлари ҳамда халқаро рейсларга таъсир қилади.

Toshkent viloyatida 24 yoshli qiz o‘lik holda topildi

2025 йил 10 май куни Қибрай тумани "Ботаника" МФЙ Ботаника Вир кўчаси 65-уйда яшовчи 24 ёшли қиз ўз уйидан номаълум томонга чиқиб кетиб, бедарак йўқолган.

Qrim ko‘prigida harakat tiklandi

Ҳозирча расмийлар Қрим кўпригига шикаст етгани ҳақидаги хабарларга муносабат билдиргани йўқ.

Rossiya Ukrainaning Sumi, Odessa, Xarkov va Xerson viloyatlariga dronlar bilan hujum qildi

Херсон вилоятида эса бир киши ҳалок бўлган, яна 13 киши яраланган

Nigeriyada suv toshqinlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Сув тошқинлари минтақада сўнгги 60 йил ичида содир бўлган энг ёмони деб таърифланган.

Isroil xalqaro izolyatsiyaga tushishi mumkin

Бу ҳақда Блоомберг агентлиги хабар бермоқда.

AQSh qurol zaxiralarini misli ko‘rilmagan darajada to‘ldirmoqda

Трамп қуролли кучлар захиралари тарихда кузатилмаган даражада тўлдирилаётганини маълум қилди. У бу орқали армияни дунёдаги энг кучли кучга айлантиришни мақсад қилганини таъкидлади.

«Disney» dunyo bo‘ylab yana yuzlab xodimlarini qisqartirmoqda

«Disney» компанияси бутун дунё бўйлаб кино, телевидение ва молия бўлимларида фаолият юритаётган юзлаб ходимларни ишдан бўшатишини эълон қилди. Бу қарор компания харажатларини қисқартириш режасининг давомидир.

Olimlar Rossiyada chigirtkadan tayyorlangan un bilan non yopishni taklif qilmoqda

Жанубий Урал давлат университети муҳандислари озиқ-овқат нархлари ошиб бораётган шароитда оқсилли ундан фойдаланиш йўлини кўрсатмоқда.

Fransiya qamoqxonalarida joy yetishmovchiligi xavotirli darajaga yetdi

Франция қамоқхоналаридаги бандлик даражаси 2025 йил май ойи бошида рекорд даражага етди. Мамлакатдаги қамоқхоналарда тақдим этилган жойлар сонига нисбатан маҳкумлар сони кескин ошиб кетди ва тизимдаги муаммолар яна бир бор кўзга ташланди.

Xorijda ma’shuqasini qasddan o‘ldirib, yerto‘laga ko‘mgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

«Тўрт йил давомида Россия Федерациясида ноқонуний равишда яшаб келаётгани машъуқасининг қотилиги айланган М.А.га нисбатан Жиноят ишлари бўйича Вобкент тумани суди ҳукми билан 11 йил қамоқ жазоси қўлланилди. Тайинланган жазони умумий тартибли колонияларда ўташи белгиланди»,-деди Феруз Шаропов.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik AQShdan ekstradisiya qilindi

Халқаро қидирувда бўлган Ўзбекистон фуқаросининг АҚШдаги яшаш манзили аниқланиб, Ватанга қайтариб келинди.

Italiyada Etna vulqoni yana "uyg‘ondi"

Минтақа ҳудудида ҳаво транспорти учун хавфнинг қизил даражаси эълон қилинган. Шу билан бирга, маҳаллий Катания аэропорти штат режимида ишлашда давом этмоқда.

Koloradoda Isroil tarafdorlarining tinch namoyishiga hujum uyushtirildi

Ҳужумни амалга оширган шахс воқеа жойида қўлга олинди. У Эль-Пасо округида яшовчи Миср фуқароси

Eron AQShning yadroviy taklifiga salbiy javob tayyorlamoqda

“Репорт” хабар беришича , бу ҳақда Реутерс агентлиги эронлик дипломатга асосланиб хабар берди.

AQShga Meksika orqali noqonuniy kirganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

АҚШ Миграция хизмати 28 май куни мамлакат чегараси ва миграция сиёсатига оид муҳим ўзгаришларни эълон қилди. Янги тартибларга кўра, Мексика орқали АҚШга ноқонуний йўл билан кирган фуқаролар жиноий жавобгарликка тортилади ва депортация қилинади.

O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi

Юртимиздаги жоме масжидларда 2025 йил 6 июнь жума куни Қурбон ҳайити намози ўқилади.

Qashqadaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Мазкур ҳолатлар юзасидан Жиноят кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Bryansk viloyatida poyezd halokati tufayli jabrlanganlar soni 104 nafarga yetdi

Брянск вилоятининг (Россия Федерацияси) Вигоничский туманида поезд устига кўприкнинг қулаб тушиши оқибатида жароҳатлаганлар сони 104 нафарга етди, деди вилоят губернатори Александр Богомаз.