Ayollarni chetga olib ketib, fohishalikka majburlagan Zamiraga qanday jazo berildi?

Ayollarni chetga olib ketib, fohishalikka majburlagan Zamiraga qanday jazo berildi?

Tojikistonlik Zamira Furqatzoda odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblanib, 7 yillik koloniyaga hukm qilindi. Istaravshan shahar sudi ma’lumotiga ko‘o‘ra, Zamira tojikistonlik ayollarni Tailand, Hindiston va Turkiyaga ishlashga deb olib borib, fohishalikka majburlagan.

Ichki ishlar vazirligining So‘g‘diyona viloyati bo‘yicha matbuot kotibi Akbar Sharipovning so‘zlariga ko‘ra, Furqatzoda Istaravshan va Zafarobod shaharlaridan uch nafar yosh qizga chet davlatdan yaxshi maosh to‘lovchi ish topib berishini aytgan. Tailand, Hindiston va Turkiyada esa qizlar tungi klubdagi mijozlarga intim xizmat ko‘rsatishlari kerakligini bilishgan va ma’lum muddat bunga majbur bo‘lishgan. Zamira Furqatzoda yana bir jinsiy qullikka munosib nomzod bo‘lgan ayolni olib chiqib ketayotganida ushlangan.

Sudda Furqatzoda o‘z aybini tan olmadi. Uning fikricha, qizlar nima bilan mashg‘ul bo‘lishlarini oldindan bilishgan va tekin ovqat bilan ta’minlanishgan, shuningdek, daromadning ma’lum qismini ulush sifatida olib turishgan. Ammo jabrlanganlar sudda Furqatzoda unga enagalik, ofisiantlik va hamshiralik kabi ishlarni yaxshi maosh evaziga topib berishga va’da berganini aytishdi.

Sud Zamira Furqatzodani aybdor dep topdi va jazo tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!