Ayol erining ismini aytib chaqirsa bo‘ladimi?

Ayol erining ismini aytib chaqirsa bo‘ladimi?

- Tobeinlar sayyidi deb nom olgan Said ibn Musayyibning ayoli shunday deydi: «Biz erimizga, sizlar amirlaringizga xitob qilgandek ehtirom bilan xitob qilar edik».

Durrul muxtorda shunday deyiladi: «Ayol erining ismini aytib chaqirishi makruh sanaladi».
Alloma Ibn Obidin hoshiyasida shularni ilova qiladi: «Ulug‘lash va hurmatni ifodalovchi so‘z bo‘lishi lozim, sayyidim, begim kabi».

Abdu Dardo roziyallohu anhuning ayoli Ummu Dardo erini «sayyidim (begim)» deb tilga olar edi.

Imom Muslim Sahihda keltirgan bir rivoyatda Talha ibn Ubaydulloh ibn Kariz shunday deydi: «Men Ummu Dardodan eshitdim, u aytdi:
Sayyidim (begim)ning shunday deyayotganlarini eshitdim...»

Imom Navaviy uning so‘ziga izoh berib, «sayyidim (begim) deb eri Abu Dardoni nazarda tutmoqda», deydi.

Demak, xulosa, momolarimiz va onaxonlarimiz odat qilgan er ismini tilga olmaslik, erga ehtirom bilan boshqa nom orqali xitob qilish xislati asl islomiy odatlardan ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!