Ayni paytda eng bozori chaqqon kasb qaysi ekanini bilasizmi?

Ayni paytda eng bozori chaqqon kasb qaysi ekanini bilasizmi?

Buxgalterlik hisobi hamda ta’lim sohasidagi mutaxassisliklar 2018 yilda eng talabgir kasblar sifatida e’tirof etildi. Bu to‘g‘rida Rossiya Mehnat vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Kasbiy-kvalifikasion sohadagi analitik tizim ma’lumotlarini tahlild qilish asnosida ana shunday xulosaga kelindi. Olingan natijalarga ko‘ra, 2018 yilda eng hisobchilar izlangan - 130 802 ta vakant o‘rinlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

Bu miqdor 2017 yildagi vakantlar sonida bir oz o‘sish kuzatilganini bildiradi, o‘tgan yili 100 680 ta vakant o‘rin ushbu soha vakillariga tegishli edi.

Pedagoglarga professional ta’lim, professional ta’lim hamda qo‘shimcha professional ta’lim sohasida 2018 yilda 100 834 nafar mutaxassisga ehtiyoj sezilgan. Maktabgacha ta’lim sohasiga esa 96 171 nafar vakant ish o‘rni haqida e’lon berilgan.

ria.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!