Avtobus yo‘lning belgilanmagan qismidan to‘satdan yugurib kelgan mast fuqaroni urib yubordi

Avtobus yo‘lning belgilanmagan qismidan to‘satdan yugurib kelgan mast fuqaroni urib yubordi

47 yoshli erkak avtobusning o‘ng tomon o‘rta yon qismiga urilgan, unga tan jarohati olgani sababli tez tibbiy yordam chaqirilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

20 noyabr kuni Toshkent shahrida 82-sonli avtobus va fuqaro ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar qildi.

Soat 17:37 larda «8-avtobus saroyi» filialiga qarashli 82-sonli Yutong CNG avtobusi yo‘lning belgilanmagan qismidan to‘satdan yugurib kelgan mast holatdagi fuqaroni urib yuborgan.

Holat avtobus Olmazor tumani Gulsaroy ko‘chasidan harakatlanib kelib Qorasaroy ko‘chasiga qayrilib olish vaqtida sodir bo‘lgan.

47 yoshli erkak avtobusning o‘ng tomon o‘rta yon qismiga urilgan, unga tan jarohati olgani sababli tez tibbiy yordam chaqirilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Yo‘l-transport hodisasi poytaxt YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!