Avstriyada sayyohlar uchun majburiy karantin joriy etildi

Avstriyada sayyohlar uchun majburiy karantin joriy etildi

Evropaning qator davlatlari mamlakatga tashrif buyuradigan sayyohlarga cheklovlar qo‘ymoqda. Bu haqda Kazinform OAVning Telegram kanaliga asoslanib xabar beradi.

Avstriya hukumati sayyohlar uchun majburiy karantin joriy qildi. Chora 7 dekabrdan 10 yanvargacha davom etadi. Shu bilan birga, mamlakatda lokdaun shartlari asta-sekin yengillashtirilmoqda.

Xususan, 7 dekabrdan maktablar, oziq-ovqat do‘konlari va sartaroshxonalar ochiladi. Bundan tashqari, restoranlar, kafelar, mehmonxonalar, shuningdek, sport, madaniy va ko‘ngilochar muassasalar 7 yanvarga qadar ishlamaydi. Tog‘ chang‘isi va boshqa ochiq sport turlariga 24 dekabrdan boshlab ruxsat beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!