Avstraliya xitoylik o‘quvchilar uchun eshiklarini qayta ochdi

Avstraliya xitoylik o‘quvchilar uchun eshiklarini qayta ochdi

22 fevralda Avstraliya hukumati koronavirus cheklovlari tufayli mamlakatga kirishiga to‘siq qo‘yilgan xitoylik o‘rta maktab o‘quvchilarining qaytib kelishiga ruxsat berilishini ma’lum qildi. Bu esa iqtisodiyot uchun muhim bo‘lgan ta’lim bozorining eshigi qayta ochilishiga imkon beradi.

Avstraliya xitoylikliklarning mamlakatga kirishini ta’qiqlagani uchun minglab xitoylik talabalar yozgi ta’tildan keyin o‘qishlarini davom ettira olmayotgan edilar. Endi yangi qarorga ko‘ra, koronavirus avj olgan Xubey provinsiyasidan bo‘lmagan xitoylik 760 nafar o‘quvchilar kengurular yurtiga qaytib borishlari mumkin.

Ularning har biri alohida tekshiriladi va undan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar Avstraliyaga kelganlarida o‘zlarini 14 kunlik karantin qilishadi, deydi rasmiylar.

«Xalqaro talabalar bozoriga ba’zi bir me’yorlarni qaytarishimiz juda muhim. Bu tekshiruvlar ehtiyot chorasidir» deydi Avstraliya Ta’lim vaziri Dan Tehan jurnalistlarga.

Tehanning aytishicha, hukumat kelasi hafta universitet talabalarining ham qaytishlariga ruxsat berish yoki bermaslik masalasini ko‘rib chiqadi.

So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilda xitoylik talabalar Avstraliyada xorijlik talabalarninng qariyb 40 foizini tashkil qilishgan. So‘nggi uch yil ichida ushbu raqam yiliga 10% dan ko‘proq o‘sib, ichki iqtisodiyotga 30 milliard Avstraliya dollaridan (21 milliard AQSh dollari) ko‘proq mablag‘ olib kirgan.

Manba: tarjumon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!