HAMAS G‘azodagi tinchlik kelishuvini ilgari surish uchun isroil-amerikalik asirni ozod qilishga rozi bo‘ldi.
HAMAS Isroildan G‘azodagi vaqtinchalik tinchlikning ikkinchi bosqichiga o‘tishni talab qilgan holda, isroil-amerikalik Idan Aleksandr va ikki fuqarolikka ega to‘rt kishining jasadlarini ozod qilishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.
Isroil kuchlari G‘azoga hujumlarini kuchaytirmoqda, G‘azo shahri va Bayt Laxiyada kamida ikki bola halok bo‘ldi. Bu paytda Isroilning G‘azo sektoriga har qanday yordamni to‘liq to‘xtatib qo‘ygani 13-kuniga kirdi.
BMT ekspertlari Isroilning G‘azoga qarshi urushi davomida ayollar sog‘liqni saqlash muassasalarini tizimli ravishda yo‘q qilishi va jinsiy zo‘ravonlikdan urush usuli sifatida foydalanishi orqali falastinliklarga nisbatan "genosid harakatlari"ni amalga oshirganini ta’kidlamoqda.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushida kamida 48 524 falastinlik halok bo‘lgan va 111 955 kishi yaralangan. G‘azo hukumati matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab falastinliklar halok bo‘lgani taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetganini ma’lum qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.