Asal Shodiyeva og‘ir judolikka uchradi

Asal Shodiyeva og‘ir judolikka uchradi

11 dekabr kuni taniqli kino aktrisasi Asal Shodiyevaning otasi vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi taniqli kinoaktrisa Asal Shodiyevaga padari buzrukvori Omon otaning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor qiladi. Marhumning oxiratlari obod bo‘lsin”, — deyiladi xabarda.

Asal Shodiyeva “Janob hech kim” filmidagi obrazi bilan tomoshabinlar e’tiborini qozongan. U turli yillarda “Hay, hay qizaloq”, “Tango yoxud adashgan sovchilar”, “Uylanish”, “Uchar qiz”, “Majnun”, “Islomxo‘ja” kabi filmlarda rollar ijro etgan. Asal Shodiyeva shuningdek bir nechta mualliflik qo‘shiqlarini ham muxlislari e’tiboriga havola etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!