Asal Shodiyeva nega so‘nggi paytlarda kinolarda kam ko‘rinayotganini izohladi

Asal Shodiyeva nega so‘nggi paytlarda kinolarda kam ko‘rinayotganini izohladi

Taniqli kinoaktrisa Asal Shodiyeva «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov bilan suhbatda oxirgi yillarda nega filmlarda kam ko‘rinayotganiga oid savolga javob berdi.

«Inson turmush qurganidan keyin u albatta, bor kuchi va vaqtini oilasiga sarflashga harakat qiladi. Oila mustahkam bo‘lib, bitta butun bo‘lmagunicha, karyeraga qo‘l urolmas ekansiz. Shu bois kinolarda biroz tanaffus qilib, takliflarni rad etishimga to‘g‘ri keldi. Mana, farzandim ham katta bo‘lib qoldi, endi kinolarda rol o‘ynashga ko‘proq vaqtim bor.

Yaqinda «Qodirxon» nomli serial va bir qancha kliplarda suratga tushdim. Bundan buyon ssenariysi menga ma’qul kelgan loyihalarda qatnashishda davom etaman», — dedi aktrisa.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!