Armanistonlik qizning ko‘zidan yosh o‘rniga kristal chiqmoqda

Armanistonlik qizning ko‘zidan yosh o‘rniga kristal chiqmoqda

Armanistonlik Satenik Kazaryan noyob kasallikka chalindi. U har kuni ko‘zidan yosh o‘rniga kristallarni yig‘ib olishga majbur. Bu haqda "Mir 24" telekanali xabar bermoqda.

22 yoshli qizda ko‘z yoshlari qotib qolishi bilan bog‘liq kasallik aniqlangan. U shifokorlarga ko‘ringan va antibiotiklar qabul qilgan. Lekin buning unchalik ta’siri bo‘lmagan.

Yaqinlari uning ko‘zi ichkarichidan har kuni 30 tagacha kristal terib olishmoqda.

Armaniston bosh oftalmologi qizning kasalligiga davo topish maqsadida konsilium belgiladi.

Shifokorlarning aytishicha, qiz minokistlotalar metabolizmi buzilishi tug‘ma kasalligidan aziyat chekmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!