Armanistonda muxolifat yo‘llarni to‘smoqda

Armanistonda muxolifat yo‘llarni to‘smoqda

Armanistonda norozilik namoyishlari davom etmoqda. Hukumatga qarshi mitinglar ishtirokchilari, asosan, «Vatan nomi uchun» muxolifat harakati tarafdorlari yo‘llarni to‘sishga kirishdilar.

Ular Yerevandagi Ulnesi ko‘chasi va Yerevan-Ashtarak yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Polisiya namoyishchilarni hibsga olishni boshladi.

Avvalroq, Arman Apostol cherkovining Tavush yeparxiyasi rahbari, yepiskop Bagrat Galstanyan Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilib, Ozarbayjon bilan chegarani delimitasiya qilish va bir qancha chegaradagi qishloqlarni Ozarbayjon tomoniga o‘tkazishga qarshi keng ko‘lamli namoyishlar o‘tkazishga chaqirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!