Armaniston va Falastin o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi
Armaniston va Falastin o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi hujjat imzolandi.
Armaniston TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tegishli kommunike Nyu-Yorkdagi uchrashuvda tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan va Falastin bosh vaziri Muhammad Mustafo tomonidan imzolangan.
Iyun oyida Armaniston Respublikasi Falastin davlatini tan olganini e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil Sloveniya, Norvegiya, Ispaniya kabi davlatlar ham Falastinni tan oldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)