Argentinaning yangi prezidenti radikal kursdan voz kechishi mumkin

Argentinaning yangi prezidenti radikal kursdan voz kechishi mumkin

Argentinaning yangi saylangan prezidenti Xavyer Mileyining radikal rejalarini amalga oshirish qiyin, u bir qator ichki va tashqi siyosat masalalari bo‘yicha bergan va’dalaridan voz kechishi kerak bo‘ladi. Bu fikrni Rossiya Fanlar akademiyasi Lotin Amerikasi instituti direktori Dmitriy Rozental "RIA Novosti" agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Argentinaning yangi prezidenti parlamentda ko‘pchilikka ega emas, u o‘z qarorlarini, jumladan, muxolifat bilan ham muvofiqlashtirishi kerak", - deydi ekspert.

Argentinalik siyosatchi o‘zining tashqi siyosatida BRIKS mamlakatlariga emas, balki Vashington bilan aloqalarga e’tibor qaratish niyatida ekanligini bir necha bor ta’kidlagan. Shuningdek, u pesodan voz kechib, AQSh dollarini rasmiy valyuta sifatida ishlatadigan mamlakatlarga qo‘shilishga va’da berdi.

"Ba’zi va’dalarni bajarish juda qiyin: milliy valyutadan voz kechish, markaziy bankni yo‘q qilish. Siyosiy jarayonning boshqa ishtirokchilari bilan bu borada kelishish juda qiyin”, - deya tushuntirdi Rozental.

Xavyer Mileyining inaugurasiyasi 10 dekabr, yakshanba kuniga belgilangan. Ma’lum bo‘lishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Miley ularni o‘zining asosiy ittifoqchilari deb bilishiga qaramay, marosimda qatnashmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!