Argentina prezidentligiga nomzodning farzandlariga tahdidlar kela boshladi

Argentina prezidentligiga nomzod Serxio Massaning farzandlari “o‘lim tahdidi” oldilar.
Bu haqda TN xabar bermoqda.
“Telefon raqamlari omma e’tiborida e’lon qilinganidan so‘ng, prezidentlikka nomzodning farzandlariga o‘lim tahdidlari kela boshladi”, — deyiladi telekanal xabarida.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, besh nafar gumondor hibsga olingan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)