Aqto‘be fojiasiga 3 yil to‘ldi

Aqto‘be fojiasiga 3 yil to‘ldi

Bundan 3 yil muqaddam – 2018 yil 18 yanvar kuni Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Aqto‘be viloyati Irgiz tumani hududidagi Samara — Chimkent trassasida ro‘y bergan bu mash’um hodisa oqibatida  52 vatandoshimiz halok bo‘ldi.

Hodisada avtobusning haydovchilari va ikki nafar o‘zbekistonlik fuqaro omon qolgandi.

Avtobus haydovchilari B.Tanatov, N.Qirg‘izboyev va M.Pernebekovga sud 5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi. Shuningdek ular 7 yil mobaynida yo‘lovchi tashish xizmati sohasida ishlash huquqidan mahrum qilindi.

Fojiada halok bo‘lgan yurtdoshlarimizni Alloh o‘z rahmatiga olgan bo‘lsin.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!