AQShning Rossiyaga hujum qilish rejasi bilan bog‘liq siri «fosh etildi»

AQShning Rossiyaga hujum qilish rejasi bilan bog‘liq siri «fosh etildi»

2020 yilning avgust oyida AQSh Harbiy havo kuchlari katta ehtimollik bilan Rossiya ekanligi aytilayotgan “nomama’lum” bir davlatga qarshi havo hujumini ishlab chiqqan mashqlar o‘tkazgan.

Bu haqda “The Drive” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, nashr manbasi qo‘lida shunday reja borligini aytgan.

Uning ta’kidlashicha, sirli rejaga ko‘ra, asosiy maqsad potensial dushman hududidagi eng muhim strategik ob’ektlarni yo‘q qilinishi, buning uchun beshinchi avlod F-35 qiruvchilari, B-2 Spirit bombardimonlari hamda “RQ-170 Sentinel” dronidan foydalanish kerak bo‘lgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, AQSh shu yo‘l bilan o‘zining harbiy ustunligini isbotlashni xohlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!