AQShning Kiyev rejimiga moliyaviy yordami qarshi hujum natijalariga bog‘liq bo‘ladi

AQShning Kiyev rejimiga moliyaviy yordami qarshi hujum natijalariga bog‘liq bo‘ladi

AQShning Kiyev rejimiga moliyaviy yordami qarshi hujum natijalariga bog‘liq bo‘ladi, deb yozadi Amerikaning Politico siyosiy nashri.

Maqolada aytilishicha, agar Ukraina umidlarni oqlamasa, moliyalashtirish to‘xtab qolishi mumkin. Keyin esa mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqiriqlar yangray boshlaydi.

"AQShning yuqori martabali rasmiylari Ukrainadagi mojaroni kelajakda qo‘llab-quvvatlash va prezident Jo Baydenning global obro‘si - Ukraina qarshi hujumining muvaffaqiyatiga bog‘liq ekanligiga ishonchi komil", - deydi sharhlovchilar Jonatan Lemir va Aleksandr Uord.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi Vashington uchun alohida ahamiyatga ega. Oq uy Kiyev rejimining xatolari Kongressdagi respublikachilarga mudofaa xarajatlarini oshirish bo‘yicha barcha urinishlarni bekor qilish uchun bahona bo‘lishidan xavotirda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!