AQShning dushmanlari qancha?

AQShning dushmanlari qancha?

Ayni paytda kamida ellik davlat AQShga talafot yetkazishi mumkin, bu esa mamlakat rahbariyatining xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Davlat departamentining siyosiy rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i Kinon Skinner Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazidagi chiqishida ma’lum qildi.

Skinnerning aytishicha, XX asr oxrida AQShning asosiy raqibi Sovet Ittifoqi edi. Ittifoqdan tashqari Xitoyda ham yadroviy qurol bo‘lgan, biroq u sovuq urush ga qo‘shilishni istamagani uchun AQShning raqibi deb hisoblanmagan. Hozirga kelib esa Xitoy nafaqat harbiy, balki iqtisodiy sohada ham Amerika bilan raqobat qila boshladi.

Ayni paytda ellikka yaqin davlat xavotirga sabab bo‘lyapti. Ular nafaqat AQShga yadroviy hujum uyushtirishi, balki kiberurush, iqtisodiy urush, axborot urushi orqali ham zarar yetkazishi mumkin , dedi Kinon Skinner.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!