AQShdan qaytgan Abdulaziz Komilov Koreya Respublikasiga yo‘l oladi

AQShdan qaytgan Abdulaziz Komilov Koreya Respublikasiga yo‘l oladi

O‘zbekiston delegasiyasi «Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo» hamkorlik forumida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya «Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo» 13-hamkorlik forumida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari boshchiligidagi delegasiya 2020 yilning 24-27 noyabr kunlari Seul shahrida tashrif bilan bo‘ladi.

Forum doirasida O‘zbekiston delegasiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!