AQShdagi otishmada 9 kishi jarohat oldi

AQShdagi otishmada 9 kishi jarohat oldi

AQShning Michigan shtatida yuz bergan otishmada kamida to‘qqiz kishi jarohat oldi.

Bu haqda CNN telekanali polisiyaga tayanib xabar berdi, deb yozadi «Report».

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Rochester Hills shahrida sodir bo‘lgan. Qurbonlardan biri sakkiz yoshli bola.

Gumonlanuvchi taxminan 28 marta o‘q uzgan.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi voqea joyi yaqinida qo‘lga olingan. Otishma sabablari haqida ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!