AQShda Ukrainaga va’da qilingan ba’zi qurollar zaxirasi tugayapti – OAV

AQShda Ukrainaga va’da qilingan ba’zi qurollar zaxirasi tugayapti – OAV

CNN suhbatdoshning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yuborishi mumkin bo‘lgan cheklangan miqdorda qurol-yarog‘ mavjud.

Xususan, 155 millimetr kalibrli snaryadlar va Stinger havo mudofaa tizimlari zaxiralari xavotir uyg‘otyapti.

Telekanalning boshqa suhbatdoshlari Qo‘shma Shtatlarda qo‘shimcha qurol tizimlari, jumladan HARM antiradar raketalari, GMLRS reaktiv raketalari va tankga qarshi Javelin raketalarini ishlab chiqarish holatidan xavotir bildirdi.

Ba’zi amerikalik rasmiylar Vashington hech qachon o‘z tayyorgarligini xavf ostiga qo‘ymasligini va har bir partiya qurolning mamlakatning strategik zaxiralari va harbiy rejalariga ta’siri baholanishini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!