AQShda o‘g‘irlangan qiz o‘yin konsoli yordamida topildi
AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) 2022 yil avgustida bedarak yo‘qolgan 14 yoshli qizni topish uchun Nintendo Switch o‘yin konsolidan foydalangan, deb xabar beradi ABC15.
Ish tafsilotlari endigina ma’lum bo‘ldi.
O‘smir Virjiniyadagi uyidan 2022 yil 3 avgust kuni g‘oyib bo‘lgan. Oilasi 11 kun davomida uning taqdiridan bexabar edi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, qizni 28 yoshli Etan Roberts o‘g‘irlab ketgan.
U o‘smir bilan internet orqali do‘stlashdi va uchrashish uchun Virjiniyagacha 3000 milyadan ortiq masofani bosib o‘tdi va keyin uni Arizonaga olib ketdi.
Polisiyaning aytishicha, Roberts keyin qizni Tollesondagi turar-joy majmuasiga olib kelgan.
O‘g‘irlagan qizning pornografik suratlarini olib, Snapchat foydalanuvchilariga sotgan.
«U bir necha kun ichida juda ko‘p narsalarni boshdan kechirdi», - dedi ko‘ngillilar tomonidan qizni qidirishga rahbarlik qilgan Koulman.
O‘g‘ri qizga Nintendo Switch o‘yin konsolini o‘zi bilan olib ketishga ruxsat bergan.
YouTube tomosha qilish va o‘yinlarni yuklab olish uchun internetga kirgan qiz internetda raqamli iz qoldirdi. FQB qizni shu tufayli topdi.
Konsol foydalanuvchiga o‘yindagi do‘stlarini har safar internetga kirganlarida ogohlantirish imkonini beradi. Bu xususiyat 14 yoshli qizni qutqarishga yordam berdi.
Do‘sti uning ismi internetda ekanligini payqab, darhol rasmiylarga xabar berdi.
FQB va AQSh polisiyasi gumondorlarni hibsga olish va bedarak yo‘qolganlarni qidirish uchun ko‘pincha qurilmalarning raqamli kuzatuvidan foydalanadi.
Hamma narsa Wi-Fi va LTE ga ulanadi - mobil telefonlar, iPad, soatlar. Ushbu elementlar odamlarni topish uchun ishlatilishi mumkin.
Bu holatda, konsol tufayli FQB IP -manzilni qo‘lga kiritdi va o‘g‘rining uyini aniqladi. Jinoyatchi qo‘lga olindi.
O‘g‘irlab ketilgan qiz oilasiga qaytdi.
