AQShda musulmonlar kimni saylaydi?
AQShda prezidentlik saylovlari oldidan ko‘plab tahlil markazlari musulmonlar ovozi muhimligini ta’kidlamoqda.
Biroq, ko‘plab musulmonlar har ikki partiya tomonidan siyosiy jihatdan yakkalanib qolgandek his qilishadi. Siyosiy noaniqlik davrida musulmon saylovchilar ham uchinchi tomonlardan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash haqida o‘ylashmoqda. Musulmon elektorati uchun xalqaro siyosatga oid masalalar, ayniqsa Isroil bilan bog‘liq masalalar muhimligicha qolmoqda.
Amerika-Islom Aloqalari Kengashi musulmonlarning ovozlari 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida vise-prezident Kamala Xarris va sobiq prezident Donald Tramp o‘rtasida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.
Biroq bu yil ko‘plab musulmonlar o‘ziga xos siyosiy boshpanasizlikni his qilmoqdalar, bu esa ularni bo‘lajak saylovlarda qatnashishdan tiyilishlariga olib kelishi mumkin. Musulmonlar siyosiy yakkalanish hissi kuchayib borayotgani haqida xabar berishadi: ular o‘zlarini hech bir partiya, jumladan, respublikachilar ham, demokratlar ham tushunmaydi va qabul qilmaydi.
Ayrimlar, shuningdek, musulmon saylovchilar «kamroq yovuzlik» asosida ovoz berishini va har ikki partiya ham shu yo‘nalishda tashviqot olib borayotganini, odamlarni eng kam zararga asoslangan tanlov qilishga undashini ta’kidlamoqda.
Bundan tashqari, ayrim musulmon guruhlari ham musulmonlarni uchinchi partiya nomzodiga ovoz berishga chaqirmoqda.
Biroq, xilma-xilligiga qaramay, butun musulmon jamiyatini tashvishga solayotgan asosiy masala, albatta, Isroilning G‘azodagi genosididir.
Bu so‘rovlarda ham o‘z aksini topdi, bu musulmon saylovchilar odatda o‘z nomzodlarini tanlashda moslashuvchanligini va G‘azodagi mojaro kabi muhim siyosiy voqealarga alohida ahamiyat berishini tasdiqlaydi.
Joriy yilning yozida Ijtimoiy siyosat va tushunish instituti (ISPU) tomonidan olib borilgan tadqiqot uchta shtatda - Jorjiya, Pensilvaniya va Michiganda musulmonlarning prezidentlikka ovoz berish niyatlari bilan bog‘liq bir qator tendensiyalarni aniqladi.
Tadqiqotda aytilishicha, musulmonlar siyosiy jihatdan juda faol va boshqa diniy guruhlarga qaraganda mustaqil saylovchilar sifatida ko‘proq namoyon bo‘ladi. Qayd etilishicha, bu borada ularning ovozlari hech bir partiya tomonidan o‘z-o‘zidan qabul qilinishi mumkin emas – ular qo‘lga kiritilishi kerak.