AQShda asosiy foiz stavkasi yana sezilarli darajada oshirildi

AQShda asosiy foiz stavkasi yana sezilarli darajada oshirildi

AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) 21 sentyabr, chorshanba kuni yana bir bor asosiy foiz stavkasini sezilarli darajada 0,75 foiz punktga oshirdi – hozir u 3,0 – 3,25 foiz oralig‘ida.

Shu tariqa, AQSh Markaziy banki yillik hisobda biroz pasayib ketgan inflyasiya o‘sishini ushlab turishga harakat qilmoqda – iyuldagi 8,5 foizdan avgustdagi 8,3 foizgacha, lekin u hali ham yuqori darajada. Shuni inobatga olgan holda, FZT stavkaning yana oshishini istisno etmadi, shu bilan birga, bunday yuqori darajaning o‘zi resessiya qo‘rquvini kuchaytiradi.

«Biz inflyasiyani yengib o‘tishimiz kerak. Qaniydi, buni qilishning og‘riqsiz yo‘li bo‘lganida. Lekin yo‘q», - deb tanlagan FZT rahbari Jerom Pauellning so‘zlaridan iqtibos keltirdi AFP axborot agentligi. U tanlangan kurs yuqori foiz stavkalari iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga va AQShda ishsizlikning oshishiga olib kelishi mumkin ekanini tan oldi.

FZT ekspertlarining joriy prognozlariga ko‘ra, 2022 yil oxiriga kelib, Qo‘shma Shtatlarda yalpi ichki mahsulotning minimal o‘sishi 0,2 foizni tashkil etishi kutilmoqda, iyun oyida o‘sish 1,7 foiz, mart oyida esa 2,8 foiz bo‘lishi taxmin qilingan edi. 2023 yilda FZT ekspertlari YAIM o‘sishini 1,2 foizga kutmoqda.

Ayni paytda, bu 2022 yilda asosiy foiz stavkasining beshinchi o‘sishi va ketma-ket uchinchi marta 0,75 foiz punktga ko‘tarilishidir.

Iyun oyida AQShda inflyasiya yillik hisobda 9,1 foizni tashkil etdi. Bu so‘nggi 40 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich.

AQSh Markaziy banki bayonotida aytilishicha, inflyasiyaga qo‘shimcha o‘sish bosimini, shuningdek, iqtisodiy faoliyatga bosim «Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va u bilan bog‘liq voqealar» ham ko‘rsatmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!