AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari Myunxenda xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi

AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.
Bu haqda Kyodo agentligi xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Yaponiya uchrashuvdan Shimoliy Koreya tomonidan 1970-1980 yillarda o‘g‘irlab ketilgan Yaponiya fuqarolari masalasini muhokama qilish va hamkorlikning ko‘p tomonlama mexanizmlari muhimligini yana bir bor tasdiqlash uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.
Qo‘shma Shtatlar, o‘z navbatida, Osiyodagi ittifoqchilar bilan hamkorlikni mustahkamlashga e’tibor qaratadi.
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takeshi Ivaya, AQSh davlat kotibi Marko Rubio va Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Taye Yol o‘rtasidagi muzokaralar yaqinda bo‘lib o‘tgan “Quad” (AQSH, Yaponiya, Hindiston va Avstraliya) vakillarining uchrashuvi chog‘ida bo‘lib o‘tdi, unda Hind-Tinch okeani mintaqasida barqarorlik ham muhokama qilindi.