AQSh Vakillar palatasi spikeri: Xitoy meni Tayvanga kirishimni taqiqlay olmaydi

AQSh Vakillar palatasi spikeri: Xitoy meni Tayvanga kirishimni taqiqlay olmaydi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkartining fikricha, Xitoy uning Tayvanga tashrif buyurishini taqiqlay olmaydi.

U 1 fevral kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berar ekan, “Xitoy menga qayerga borishim mumkin-mumkin emasligini ayta olmaydi, deb o‘ylayman”, dedi.

Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Makkartining Tayvanga ehtimoliy safariga oid qarorlarida mutlaqo mustaqil ekanini ta’kidladi.

“Punchbowl News” internet nashri o‘z manbasiga tayanib, Pentagon Makkartining bahorda Tayvanga borishi masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi. O‘zi ham spiker etib saylanganidan keyin Tayvanga safar bilan borishi to‘g‘risida gapirib o‘tgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!