AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

AQSh O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Suhbat boshida AQSh tomoniga majburiy mehnatga qarshi kurashish, fuqarolarning mehnat huquqlarini ta’minlash va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar natijalari haqida batafsil axborot berildi.

O‘z navbatida, USTR vakili O‘zbekistonning majburiy mehnatga barham berish borasidagi muhim yutuqlarini olqishlar ekan, “Cotton Campaign” koalisiyasining paxta boykoti bekor qilinishi majburiy mehnatni bartaraf etishda erishilgan muvaffaqiyatning yaqqol e’tirofi ekanini ta’kidladi.

K. Uilsonning so‘zlariga ko‘ra Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiq. Shu munosabat bilan u Amerika tomoni O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha ishchi guruhning 5-majlisida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Ushbu jarayonning murakkabligini tan olgan holda K.Uilson bu masalada Amerika tomoni doimiy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Bundan tashqari, savdo vakili o‘rinbosari USTR Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh o‘rtasidagi savdo va investisiyalar bo‘yicha Doiraviy bitim (TIFA) doirasida umumiy ustuvor yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlashda O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Shu nuqtai nazardan, USTR vakili elektron savdoni rivojlantirish masalasida O‘zbekiston tomoni bilan muvofiqlashtirish sohasida yaqin hamkorlik qilishga umid bildirdi, bu mintaqa mamlakatlarining global yetkazib berish zanjiriga integrasiyasini chuqurlashtirish uchun mustahkam asos yaratadi.

K.Uilson, shuningdek, faoliyat xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha boshqa TIFA ishchi guruhi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga umid qilayotganini ta’kidladi.

Muzokaralar yakunida tomonlar ko‘p qirrali savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!