AQSh Ukrainaga yana 350 million dollar harbiy yordam ajratadi

AQSh Ukrainaga yana 350 million dollar harbiy yordam ajratadi

AQSh Ukrainaga yana 350 million dollar harbiy yordam ajratadi, jumladan, HIMARS uchun raketalar

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Vashington Ukrainaga yana 350 million dollarlik harbiy yordam beryapti, bu Rossiyaning keng miqyosli bosqinini boshlaganidan beri 34-yordam paketi.

«Ushbu harbiy yordam paketi AQSh tomonidan taqdim etilgan HIMARS tizimlari va Ukraina o‘zini mudofaa qilishda qo‘llaydigan gaubisalar uchun yangi o‘q-dorilarni, shuningdek, Bradley piyodalarining jangovar mashinalari, HARM raketalari, tankga qarshi qurollar, daryo qayiqlari va boshqa jihozlarni o‘z ichiga oladi».

«Rossiya bugun o‘zi bu urushni tugatishi mumkin. Bu sodir bo‘lgunga qadar biz Ukraina bilan qancha vaqt kerak bo‘lsa, yelkama-elka turamiz», - deya qo‘shimcha qildi Blinken.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!