AQSh Tayvanga 850 million dollarlik qiruvchi raketalar va snaryadlar yetkazib beradi

AQSh Tayvanga 850 million dollarlik qiruvchi raketalar va snaryadlar yetkazib beradi

Tayvan armiyasi AQSh bilan qiruvchi raketalar va snaryadlarni yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 26,69 milliard Yangi Tayvan dollari (taxminan 853,8 million AQSh dollari) bo‘lgan ikkita shartnoma imzolanganini e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

17,22 milliard Yangi Tayvan dollari (taxminan 550,9 million AQSh dollari) qiymatidagi shartnomalarning birinchisi 13 noyabr kuni imzolangan bo‘lib, u havo-havo va havo-er raketalarini yetkazib berishni nazarda tutadi. Ular 2032 yilgacha yetkazib berilishi kerak.

Ushbu raketalar qanday jangovar samolyot turi uchun mo‘ljallangani hujjatlarda ko‘rsatilmagan.

Taytung okrugi qurollarni jo‘natish joyi sifatida belgilangan: Tayvan harbiy-havo kuchlarining 7-qiruvchi qanotining Chjihang aviabazasi — Tayvan tomonidan AQShdan buyurtma qilingan 66 ta F-16V Blok 70 qiruvchilarining kelajakdagi joylashuvi manzili sifatida belgilangan.

“Yuqori portlovchi va boshqa raketalarni” sotib olish bo‘yicha ikkinchi shartnoma 17 noyabr kuni imzolangan. Uning miqdori 9,47 milliard Yangi Tayvan dollarini (taxminan 302,95 million AQSh dollari) tashkil etadi. Tzuyu Shibao gazetasi qurolli kuchlardagi o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, gap Tayvanning CM-34 piyoda askarlarining jangovar mashinalari uchun 30 mm kalibrli avtomatlar uchun ko‘p maqsadli va o‘quv snaryadlari haqida ketmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!