AQSh Shimoliy Koreya mansabdor shaxslariga sanksiya qo‘lladi

AQSh Shimoliy Koreya mansabdor shaxslariga sanksiya qo‘lladi

Qo‘shma Shtatlar Moliya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, hukumat Shimoliy Koreyaning 3 nafar rasmiylariga sanksiya joriy etgan. Bu haqda REUTERS xabar tarqatmoqda.

O‘zAning yozishicha, AQSh hukumati Shimoliy Koreya rasmiylarini inson huquqlarini buzganlik va senzurada ayblamoqda.

Berilgan ma’lumotda keltirilishicha, cheklovlar Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In maslahatchisi Ryon Xe Chxve, davlat xavfsizlik ishlari bo‘yicha vazir Kyon Txek Chon hamda targ‘ibot departamenti direktori Kvan Xo Paklarga nisbatan joriy etilgan.

Sanksiyani qo‘llash qarori Koreya yarim orolini denuklearizasiya qilish jarayoni bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligi ma’lum emas.

Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In hamda AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida joriy yilning iyun oyida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishida hali sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan.

AQSh yurisdiksiyasiga ko‘ra, sanksiya ro‘yxatiga olingan shaxslarning aktivlari muzlatiladi va AQSh fuqarolarining ular bilan shartnomalar tuzishini taqiqlanadi.

Qo‘shma Shtatlar rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu sanksiya Shimoliy Koreya hukumati va fuqarolarining o‘z xalqiga va AQSh fuqarosi Otto Vombiyerga nisbatan qo‘llangan shafqatsiz munosabatini yodga solishga xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Shimoliy Koreya qamoqxonasida 17 oy saqlangan Amerika fuqarosi 2017 yilning iyun oyida, yurtiga qaytgach vafot etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!