AQSh Rossiyaga qarshi! Bu safar qanday ayblov?

AQSh Rossiyaga qarshi! Bu safar qanday ayblov?

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiyaning ichki va tashqi siyosatini tanqid ostiga oldi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

«Rossiya qo‘shnilariga bostirib kiradi, siyosiy muxolifatchilarni o‘ldiradi. Ukraina pravoslav cherkovi mustaqilligini bostirishga urinmoqda. Tajovuzlarga qarshi turayotgan Qrim tatarlari va ukrainaliklarga nisbatan polisiya reydlari va qiynoqlarni qo‘llamoqda», — dedi Pompeo Berlinda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumandagi chiqishida.

U Kavkazning Rossiyaga qarashli qismida, xususan, Chechenistonda rasmiylar xush ko‘rmagan kishilar dom-darakciz yo‘qolishini bildirdi.

Pompeo, shuningdek, Yevropa energoresurslar yetkazib berishda Rossiyaga qaram bo‘lib qolmasligi zarurligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!