AQSh qo‘shinlarining bir qismini Iroq va Afg‘onistondan olib chiqmoqda
AQSh Mudofaa vazirligi qo‘shinlarning bir qismi Iroq va Afg‘onistondan olib chiqilishini e’lon qildi.
Bu haqda Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Kristofer Miller xabar berdi.
CNBC ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Afg‘onistonda 4500 ga yaqin, Iroqda esa 3000 dan ortiq AQSh harbiylari mavjud bo‘lib, ikkala mamlakatda ham AQSh askarlari sonini 2500 ga kamaytirish rejalashtirilgan. Qo‘shinlarni olib chiqib ketish 2021 yilning 15 yanvarigacha amalga oshiriladi.
Millerning ta’kidlashicha, qaror AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan qabul qilingan va NATO bo‘yicha ittifoqchilar bu haqda allaqachon xabardor etilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)