AQSh olimlari koinotda juda kuchli nurni qayd etdi

AQSh olimlari koinotda juda kuchli nurni qayd etdi

“Telescope Array” loyihasi bo‘yicha ish olib borayotgan xalqaro tadqiqotchilar guruhi kuzatuv tarixida ikkinchi bor koinotdan chaqnayotgan kuchli nurni qayd etishdi. Yuta universiteti vakillari xulosa qilishicha, hozircha ob’ektning tabiati noma’lum.

– Yangi zarralarning manbagacha bo‘lgan trayektoriyasini kuzatib borish jarayonida energiya juda yuqoriligi tufayli xususiyatni aniqlab bo‘lmayapti, – deydi mutaxassis Jon Metyuz.

Ma’lumot berilishicha, 1991 yil “Pashsha ko‘zi” nomi berilgan eksperiment jarayonida tadqiqotchilar 700 kvadrat kilometr kenglikdagi teleskop panjarasi yordamida tarixdagi eng kuchli koinot nurini qayd etgan edi. Nurni shakllantirgan zarralar “Oh-My-God”, deya nomlandi.

Astrofiziklar ma’lum qilishicha, galaktikada bu qadar yuqori quvvatli nur to‘lqini hali aniqlanmagan. Zarra quvvati nazariy jihatdan kosmik nur uchun ko‘plik qiladi. Ta’kidlanishicha, bunday zarralar tabiatda mavjud emas.

Shundan keyin, 2021 yil “Telescope Array” guruhi xuddi shunday quvvatdagi yana bir koinot nurini aniqladi. Keyinroq, 2023 yil noyabrda tadqiqotchilar yaponlarning quyosh xudosi sharafiga “Amaterasu” nomini olgan zarralar yangi fanni paydo qilishi mumkinligi haqida maqola ham e’lon qildi.

Avvalroq Kornella universiteti astronomi Anna Xo rahbarligidagi olimlar guruhi “AT2022tsd” optik tranziyentni aniqlagandi. Nurning chaqnashi Quyosh yorqinligidan yuz milliard marta kuchli ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!