Vashington, Amerika ma’muriyati fikricha, AQSHGA noqonuniy migrasiyaga aloqador bo‘lgan xorijiy amaldorlarga qarshi bir tomonlama sanksiyalar qo‘llashda davom etish niyatida.
Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi, deb yozadi “Report” .
“Bugun men xorijiy hukumat amaldorlari, jumladan, immigratsiya va bojxona xodimlari, aeroport va dengiz porti xodimlari hamda Vashington tomonidan Qo‘shma Shtatlarga noqonuniy immigratsiyaga ataylab yordam berganlikda gumon qilingan boshqa amaldorlarga nisbatan qo‘llaniladigan yangi viza cheklovi siyosatini e’lon qilaman”, — dedi davlat kotibi yozma bayonotida.
Rubioning ta’kidlashicha, Amerika hukumati nuqtai nazaridan o‘z rasmiy vazifalarini yomon niyatda bajarayotgan, jumladan, “immigratsiya qonunchiligiga rioya qilmagan yoki AQSHGA janubi-g‘arbiy chegara orqali noqonuniy ravishda ko‘chib o‘tish niyatida bo‘lgan chet el fuqarolarining harakatini osonlashtiradigan tarzda faoliyat yuritgan” shaxslarga ham cheklovlar qo‘yiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.