AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimiga Janubiy Koreya razvedkasi bilan hamkorlik qilishda ayb qo‘ydi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimiga Janubiy Koreya razvedkasi bilan hamkorlik qilishda ayb qo‘ydi

AQSh hukumati Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Syu Mi Terrini Janubiy Koreya razvedkasi bilan hamkorlik qilishda aybladi.

Bu haqda Nyu-Yorkning Janubiy okrugi sudi bayonotida aytilgan.

Qayd etilishicha, ayol 2013 yilda yollangan va Janubiy Koreya bilan 10 yil davomida hamkorlik qilgan. Ma’lumot berish uchun Syu Mi Terri zeb-ziynat buyumlari, jumladan, brend sumkalari, qimmat restoranlarga borish uchun to‘lov va uning tadqiqot dasturlarini moliyalashtirish uchun o‘n minglab dollar olardi.

Ayblanuvchi 2023 yil iyun oyida Janubiy Koreya razvedka xizmati uchun «manba» bo‘lganini va qimmatli ma’lumotlarni taqdim etganini tan olgan, deyiladi hujjatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!