AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi ekstremizmga qarshi kurashni moliyalashtirishni qisqartiradi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi ekstremizmga qarshi kurashni moliyalashtirishni qisqartiradi

Bundan maqsad Xitoyga qaratilgan e’tiborni kuchaytirishdir.

Associated Press xabariga ko‘ra, bu haqda agentlikning terrorizmga qarshi kurash markazi rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan yopiq uchrashuvida ma’lum qilingan.

“Maxsus xizmatlar strategiyasida o‘zgarishlar ro‘y berdi, yuzlab xodimlar jumladan, avval terrorizmga qarshi kurashda ishlaganlar ham Xitoyga qaratilgan lavozimlarga o‘tkazilmoqda”, — deya agentlik so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

AP manbalarining ta’kidlashicha, Markaziy razvedka boshqarmasining ko‘plab xodimlari hozir xitoy tilini o‘rganmoqda va XXRga ko‘proq e’tibor qaratiladigan lavozimlarga o‘tmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!