AQSh korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik uchun kelishuv doirasida Ukrainani qayta tiklash jamg‘armasi ustidan nazoratni qo‘lga kiritadi

Bu haqda AQSh Moliya vaziri Skott Bescent Financial Times uchun yozgan maqolasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv Ukraina iqtisodiyotini kuchli yangilash uchun asos yaratadi.
"Hamkorligimiz shartlariga ko‘ra, Ukraina hukumati tomonidan tabiiy resurslar, infratuzilma va boshqa aktivlardan olingan daromadlar uzoq muddatli tiklanish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamg‘armaga taqsimlashni nazarda tutadi, bunda Qo‘shma Shtatlar kelajakdagi sarmoyalarda iqtisodiy va boshqaruv huquqlariga ega bo‘ladi. Ushbu tuzilma va munosabatlar ochiqlik, javobgarlik, korporativ boshqaruvning yuqori standartlarini va Ukrainadagi urushdan keyingi o‘sish uchun mustahkam xususiy sarmoyalarni jalb qilish uchun zarur bo‘lgan qonunchilik bazasini yuzaga keltiradi. Bu urushdan keyingi o‘sish uchun ishonchli xususiy investisiyalarni jalb qilishga yordam beradi. AQShning ishtiroki korrupsiya va tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ymaydi", — deb yozdi Bessent.
Shuningdek, u Volodimir Zelenskiyning o‘zi prezident Donald Trampga birinchi bo‘lib kelajakdagi iqtisodiy hamkorlikni taklif qilganini eslatib o‘tdi.