AQSh Konsullik bo‘limi noimmigrasion vizalar uchun suhbat o‘rinlarini qayta ochdi

AQSh Konsullik bo‘limi noimmigrasion vizalar uchun suhbat o‘rinlarini qayta ochdi

AQSh Konsullik bo‘limi 28 sentyabr, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da 600 dan ortiq noimmigrasion vizalar uchun suhbat o‘rinlari ochadi.

Suhbat o‘rinlari faqat O‘zbekiston fuqarolari va rezidentlari uchun bo‘lib, noyabr oyidan yanvar (2023) oyigacha bo‘lgan kunlar uchun ochiladi. Suhbat o‘rinlarini egallash faqat onlayn tizim orqali amalga oshiriladi.

Suhbat belgilash uchun avval onlayn anketa DS-160 formani to‘ldirish va shtrix-kod raqamiga ega bo‘lish lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!