AQSh hukumati Google kompaniyasini sudga berdi

AQSh hukumati Google kompaniyasini sudga berdi

AQSh hukumati internet-qidiruvda global gigantga aylangan Google kompaniyasiga qarshi sudga murojaat qildi, deya xabar beradi VVS.

Seshanba kuni Vashington sudida boshlangan sud jarayoni taxminan 10 hafta davom etishi kutilmoqda.

AQSh rasmiylari Google kompaniyasini o‘z vakolati va mavqeini suiiste’mol qilishda va raqobatni bo‘g‘ib, Apple va Samsung kabi yetakchi texnologiya kompaniyalariga o‘z shartlarini qo‘yish orqali internet qidiruv tizimlari bozorida hukmronlik qilishda aybladi.

Talabga ko‘ra, ular katta xarajatlarga qaramay, Google qidiruv tizimini o‘z qurilmalariga o‘rnatishlari kerak.

AQSh Adliya vazirligi ushbu da’voni tayyorlash uchun uch yil vaqt sarfladi va Google o‘z huquqlarini himoya qilish uchun millionlab dollar evaziga uchta tajribali yuridik firmalarni yolladi.

Kompaniya eng yaxshi qidiruv tizimi bo‘lgani uchun bozorda hukmronlik qilayotganini isbotlamoqchi.

Google ga qarshi da’vo - Vashingtondagi ko‘p millatli gigantlar va rasmiylar o‘rtasidagi ziddiyatlardan biridir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!