AQSh Yevropaga kuniga 1 million barrel neft yubormoqchi

AQSh Yevropaga kuniga 1 million barrel neft yubormoqchi

Vashington shu orqali YEIning rus neftiga bo‘lgan qaramligini kamaytirmoqchi.

Evropa Rossiya neftining o‘rnini to‘ldirishi uchun AQSh har kuni qit’aga 1 million barrel “qora oltin” yuboradi. Bu haqda Vitol kompaniyasi direktori Rassel Xardi ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, RFdan kelayotgan xomashyo AQSH, Yevroittifoq va Buyuk Britaniyadan tashqarida o‘z “uyi”ni topishi kerak.

“U yanada uzoqlashadi va yangi bozorlar topadi. Shu bilan birga ular katta chegirma bilan mahsulot sotishga majbur bo‘ladi”, – degan Xardi.

Kompaniya direktori Rossiya yoqilg‘isi Osiyo va Yaqin Sharqqa yetkazib berilishini, bu yerdan esa G‘arbga sotilishini qayd etgan.

Rossiya-Ukraina mojarosi boshlangach, Yevropa Moskvadan neft va gaz sotib olishni qisqartirishga kirishdi. YEI hozirda muqobil yetkazib beruvchilarni qidirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!