"AQSh dunyoda urush boshlash soni bo‘yicha chempion"

"AQSh dunyoda urush boshlash soni bo‘yicha chempion"

AQSh urush boshlash va boshqa mamlakatlarda suverenitetlarni buzish soni bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ma’lum qildi.

“O‘rinli va o‘rinsiz demokratik shoirlarni e’lon qilib, aslida Vashington davlatlar suverenitetini buzish bo‘yicha, boshlagan urush va mojarolar soni, boshqa mamlakatlar fuqarolarini qo‘pol va noqonuniy ovlash bo‘yicha allaqachon chempion bo‘ldi”, - dedi Patrushev “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida.

“Agar AQSh demokratika sari harakat qilishga qaror qilsa va o‘zining qaram ittifoqchilarini tahqirlashni bas qilsa, biz buni faqat olqishlaymiz”, - dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi.

28-30 mart kunlari AQSh tashabbusi bilan ikkinchi “Demokratiya uchun” sammiti o‘tkaziladi. Bunday birinchi sammit 2021 yil dekabrida onlayn o‘tkazilgandi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu tadbirga munosabat bildirib, sammitda birinchi navbatda Vashtington siyosati izidan boruvchi mamlakatlar qatnashganini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!