AQSh dron ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirishga umid qilmoqda

A A A
AQSh dron ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirishga umid qilmoqda

Qo‘shma Shtatlar dron ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoyni tezda ortda qoldirishni kutmoqda.

Bu haqda AQSh armiya vaziri Deniyel Driskoll CBS telekanali orqali ma’lum qilgan.

Mezbon undan mamlakat rahbariyatining yaqin ikki-uch yil ichida Pentagon uchun million dron sotib olish rejalari, shuningdek, bu sohada Xitoy bilan raqobat haqida izoh berishni so‘radi. Driskollning so‘zlariga ko‘ra, AQSh so‘nggi o‘n yilliklarda "noto‘g‘ri yo‘l" tutdi, bu esa qurol ishlab chiqarishni xususiy kompaniyalar yoki AQSh mudofaa sanoati korxonalariga qoldirishni anglatadi.

"Biz dronlarga boshqacha yondashamiz, chunki Ukrainaga qarasangiz, ular yiliga 4 million dron ishlab chiqaradi, Xitoy esa, menimcha, yiliga 12-14 million dron ishlab chiqaradi. Va biz, davlat sifatida, xususiy sektordan yordam olishimiz kerak bo‘ladi", dedi u.

Driskollning so‘zlariga ko‘ra, AQSh armiyasi “dron komponentlarini o‘zimizda ishlab chiqarish niyatida, xususiy sektor esa ularni sotib oladi”.

"Shunday qilib, biz dronlarni ishlab chiqaramiz, xususiy hamkorlarimiz dronlarni ishlab chiqaradi va biz Xitoyni juda tez quvib yetib, undan o‘tib ketamiz", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Oltin to‘p" uchun favorit o‘zgardi

"Олтин тўп" фаворити ўзгарди - бу энди Кейн эмас.

MrBeast: “O‘zbekistonda muxlislarim shu qadar ko‘pki, balki ketishimizga to‘g‘ri kelar”

Бухоро вилояти ИИБ матбуот хизмати раҳбари Улуғбек Шукурлаев ҳам блогернинг ўзи шаҳарга