AQSh butun dunyo bo‘ylab rekord miqdordagi vizalar berdi

AQSh butun dunyo bo‘ylab rekord miqdordagi vizalar berdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati 2023-moliya yilida deyarli rekord miqdordagi – 10 milliondan ortiq vizalar berdi. Bu haqda AQSh davlat departamentining bayonotida ma’lum qilindi.

Departamentning xabar berishicha, AQSh biznes va sayyohat uchun 8 millionga yaqin tashrif vizalarini rasmiylashtirgan. Bu 2016-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

“Davlat departamenti 600 mingdan ortiq talaba vizasi berdi, bu 2017-moliya yilidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Hindistondagi elchixonamiz va konsulliklarimiz tarix bo‘yicha rekord miqdordagi talaba vizalarini rasmiylashtirgan – 140 000 dan ortiq”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!