AQSh birinchi marta Rossiya tadbirkorining mulklarini Ukrainaga o‘tkazdi

AQSh birinchi marta Rossiya tadbirkorining mulklarini Ukrainaga o‘tkazdi

AQSh bosh prokurori Merrik Garlend rossiyalik tadbirkorning musodara qilingan aktivlari Ukrainaga o‘tkazilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda CNN.

Bu haqda u Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi. Garland aniqlik kiritganidek, gap AQSh va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qolayotgan tadbirkor Konstantin Malofeevning aktivlari haqida bormoqda. Uning ta’kidlashicha, tadbirkordan tortib olingan mablag‘lar Davlat departamenti ixtiyoriga o‘tkaziladi va u ulardan «Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun» foydalanadi.

Kostin, o‘z navbatida, Ukrainani tiklash uchun 5,4 million dollar ajratilishini ma’lum qildi va AQSh hukumatiga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, «Ukraina xalqi buni hech qachon unutmasligini» ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!