AQSh Armanistonga nisbatan sanksiya qo‘llamoqchi

AQSh Armanistonga nisbatan sanksiya qo‘llamoqchi

Oq uyning rasmiy veb-saytida AQShning Armanistonga qarshi sanksiyalari qo‘llanilishi to‘g‘risida ariza joylashtirildi.

\Murojaatnomada Armanistonning Ozarbayjonga qarshi bosib olish siyosati, hududiy yaxlitligiga tajovuz, Tog‘li Qorabog‘ va unga qo‘shni hududlarni bosib olish qayd etilgan.

Unda aytilishicha, bosqinchi mamlakat BMT Xavfsizlik Kengashining Armaniston tomonidan Ozarbayjon hududlarini so‘zsiz ozod qilishi to‘g‘risidagi qaroriga rioya qilmayapti.

Ta’kidlanishicha, Armaniston Gaaga konvensiyasi qoidalarini buzmoqda va Xizi, Ganja, Barda va Terterda tinch aholini raketa hujumiga duchor qilmoqda.

Murojaatnomada savdo sanksiyalari va Armanistonga qarshi harbiy taqiq joriy etilishi talab qilinadi.

Arizachi tomonidan ovozlarni yig‘ish erkin holatda o‘tkazilishi aytib o‘tilgan. Istagan odam ariza joylashgan saytga ilova orqali o‘tib, arizaga qo‘shilish imkoni mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!